Ovozli tinglash

Xiaomi kompaniyasi 2023-moliyaviy yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

Xiaomi 2023

Xiaomi’ning smartfonlar daromadi 13,27 foizga tushib, 5 milliard dollarni tashkil etdi. Miqdoriy jihatdan smartfonlar sotuvi 15,8 foizga qisqarib, 32,9 million donani tashkil qildi. Shu bilan birga, qiziq tomoni shundaki, foyda 33 foizga oshib, 658 million dollarga yetdi. Bu Xiaomi yanada yuqori marjali mahsulotlarni sotishni boshlaganidan dalolat beradi. O'rtacha sotish narxi ham biroz bo'lsa-da, 148,8 dollardan 154,37 dollarga ko'tarildi. Barcha sa'y-harakatlarga qaramay, Xiaomi hali ham birinchi navbatda juda hamyonbop smartfonlar ishlab chiqaruvchisi.

Agar umuman kompaniyaning ko'rsatkichlari haqida gapiradigan bo'lsak, daromad yil davomida 4 foizga kamaygan holda 9,2 milliard dollarni tashkil etdi. Ammo operatsion foyda 133 foizga o'sib, 555 million dollarni tashkil etdi.