Ovozli tinglash

MIUI 14 interfeysining rasmiy premyerasi yangi flagmanlar - Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro bilan bir vaqtda noyabr oyi oxirigacha kutilmoqda, biroq kompaniyaning Xitoydagi ayrim telefonlari allaqachon so‘nggi proshivkani olgan. Buning isboti sifatida – Xiaomi 12S Pro’ning fotosurati va skrinshoti.MIUI 14

Ko'rinib turibdiki, qurilma MIUI 14.0.1 bilan ishlaydi. Hech shubha yo‘qki, Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro MIUI 14’ga ega birinchi flagmanlar bo‘ladi, biroq yangi dalillar shuni ko‘rsatadiki, ayni paytda kompaniya yangi interfeysni bir qator allaqachon chiqarilgan smartfonlar uchun ham taqdim etadi. Hammasi bo'lib, MIUI 14-ni olish uchun dastlabki ustuvor ro'yxatda 30 ga yaqin modellar mavjud, ammo bu ro'yxat yakuniy emas: yana ko'plab Xiaomi, Redmi va Poco telefonlari so'nggi proshivkani oladi.