Ovozli tinglash

Xiaomi o'zining yangi smartfonini o'ta arzon narxda taqdim etdi, bu Poco C51 bo'lib, u yanvar oyida debyut qilgan Poco C50 o'rnini egallaydi.

Xiaomi Poco C51

Poco C51 6,52 dyuymli HD+ LCD displey bilan jihozlangan bo'lib, old kamerasi 5 megapikselli, asosiy kamerasi 8 megapikselli, MediaTek Helio G36 platformasida qurilgan, batareyasi 10 Vattli 5000 ma / soat quvvatga ega.

Xiaomi Poco C51

4G Lte, Wi-Fi (802.11 b/g/n), Bluetooth 5.0, GPS va GLONASS, orqa tarafdagi barmoq izlari skaneri, FM radio J, 3,5 mm audio teshik va Micro-USB port mavjud. Smartfonda kam quvvatli modellarga moslashtirilgan Android 13 (Go Edition) operatsion tizimi mavjud.  4 GB operativ xotira va 64 GB ichki flesh-xotiraga ega Poco C51 104 dollarga taklif etiladi.  Sotuvlar 2023-yil 10-aprelda boshlanadi. Birinchi xaridorlar uchun narx 95 dollarga tushirildi.