San-Fransisko shtatida o'tgan hafta taqdim etilgan sud hujjatlariga ko'ra, Twitter ofis uchun 136 260 dollar ijara haqini to'lamagani uchun sudga tortilganBino egasi Columbia Reit - 650 California LLC kompaniyasi 21-dekabr kuniyoq Twitter’ni kompaniya ijara bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi haqida ogohlantirgan. Twitter hozirda San-Fransiskoning moliyaviy tumanida joylashgan Hartford binosining 30-qavatini egallaydi. 2017 yilda Twitter yetti yillik ijara shartnomasini imzoladi.

Oktyabr oyida Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olganidan buyon yangi egasi Ilon Mask kompaniya xarajatlarini kamaytirish uchun turli choralar ko'rdi. Twitter vakillari CBS News’ning izoh so‘roviga javob berishmadi.
The New York Times gazetasining avvalgi hisobotiga ko'ra, Twitter bir necha hafta davomida o'zining global ofislaridan birortasi uchun ijara haqi to'lamagan.
Avvalroq BBC jurnalisti Jeyms Kleyton Twitter’ning San-Frantsiskodagi bosh qarorgohidan bir nechta suratlarni e’lon qilgan, ularning ba’zilari xodimlar yotoqxonasiga aylantirilgan.