Ovozli tinglash

Amerikalik biznesmen Ilon Mask Twitter’da o‘ziga yo‘llangan Starlink terminallarining Turkiyaga yetkazib berilishi haqidagi savolga javob berdi.

Turkiya va qo‘shni mamlakatlarda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Jiddiy aloqa muammolari mavjud. Starlink sun'iy yo'ldoshlaringiz bilan yordam bera olasizmi?

Mehmet Emin Adin

Ilon Mask

Milliarderning aytishicha, kompaniya yordam berishga tayyor, biroq hozircha Starlink’dan foydalanish Turkiya hukumati tomonidan ma’qullanmagan.

Starlink hali Turkiya hukumati tomonidan tasdiqlanmagan. SpaceX tasdiqlanishi bilanoq Starlink terminallarini yuborishi mumkin.

Ilon Mask

Bugun erta tongda Turkiya janubi-sharqida, Suriya chegarasi yaqinida kuchli zilzila yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 ta shahar jabrlangan, 300 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.