Ovozli tinglash

21-iyul kuni Los-Anjelesda zaryadlash stansiyasi va avtokinoteatrni birlashtirgan yangi Tesla’s Hollywood Diner and Supercharger majmuasi ochiladi.

Obyektda 80 ta V4 Supercharger zaryadlash stansiyalari mavjud bo‘lib, ular elektr transport vositalarini tezda zaryadlashni ta’minlaydi. Tashrif buyuruvchilar Tesla avtomobillarining audio tizimiga sinxronlashtirilgan ikkita 13,5 metrli LED-ekranda filmlarni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, majmuada to‘g‘ridan-to‘g‘ri avtomobil ekrani orqali ovqat buyurtma qilish mumkin bo‘lgan ovqatlanish zonasi mavjud. Taomnomada burgerlar, qovurilgan kartoshka, tovuq qanotlari, xot-doglar, sendvichlar va qo‘lda tayyorlangan sutli kokteyllar mavjud. Bu haydovchilarga salondan chiqmasdan avtomobilni quvvatlantirish, filmlar tomosha qilish va tamaddi qilish imkonini beradi.