Ovozli tinglash

Shaxsiy bildirishnoma ohanglarini o‘rnatish

Endi Telegram’da maxsus tovushlarni yaratish mumkin. Buni qisqa audiofayl yoki ovozli xabar bilan qilsa bo‘ladi.

Bildirishnomalar ovozini ma’lum muddatga o‘chirish

Oldin Telegram’da bildirishnomalardan tanaffus qilish uchun chatlarni vaqtincha o‘chirib qo‘yish mumkin edi, masalan, 8 soatga yoki 2 kunga. 

Endi bildirishnomalarni ma’lum bir muddat, masalan, tushlik yoki ta’til vaqtida to‘xtatib qo‘yish mumkin.

Avtomatik o‘chirish menyusi

Suhbatni maxfiyroq yoki tushunarliroq qilish uchun har qanday chatda avtomatik o‘chirishni yoqish mumkin. Endi 2 kun, 3 hafta, 4 oy va boshqa istalgan vaqtga xabarlarni o‘chirish muddatini belgilash mumkin.

Botlardagi o‘zgarishlar

Telegram’da 2015-yildan beri millionlab odamlar fayllarni almashish, onlayn xarid qilish va soliqlarni to‘lash uchun botlardan foydalanishadi. Telegram botlari uzluksiz avtorizatsiyani, 15 ta to‘lov provayderlari (Google Pay va Apple Pay bilan birga) orqali to‘lovlarni qayta ishlashni, fikr-mulohazalarni yig‘ishni, foydalanuvchilarga bildirishnomalarni yetkazib berishni va boshqa ko‘p vazifalarni bajaradi.

JavaScript

Hozirda bot yaratuvchilariga mashhur dasturlash tillaridan biri bo‘lgan JavaScript bilan cheksiz moslashuvchan interfeyslarni yaratish imkoniyati berildi. Bu bilan Telegram botlari har qanday veb-sayt o‘rnini bosa olishi mumkin.

Bot sozlamalari

Telegram botlari qo‘shimcha funksiyalar qo‘shish, jarayonlarni avtomatlashtirish, chat boshqaruvi kabi vazifalarni ham hal qila oladi. Endi bot profilidan shaxsiy guruhlar yoki kanallarga botlarni qo‘shish va ularni sozlash mumkin.

iOS tizimida xabarlar tarjimasi

iOS qurilmalarida tarjima funksiyasi yangilandi. Hozir iOS ham Android ilovasi bilan bir xil tillardan tarjima qila oladi, masalan, ukrain tilidan.

Yangi animatsiyalar

Sozlamalardagi telefon raqamni o‘zgartirish interfeysi yangilandi — yangi animatsion o‘rdaklar qo‘shildi.