Fransiyaning Eutelsat sun’iy yo‘ldosh operatori Britaniyaning OneWeb kompaniyasi bilan birlashishni rejalashtirayotgani haqidagi mish-mishlar tasdiqlandi. Bugun Eutelsat birlashishni e'lon qildi.
Eutelsat Communications va OneWeb’ning asosiy aktsiyadorlari sun’iy yo‘ldosh aloqasi sohasida yetakchi global o‘yinchi yaratish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Ta'kidlanishicha, Eutelsat o'zining 36 ta geostatsionar sun'iy yo'ldoshini Yerning past orbitasidagi 648 ta OneWeb sun'iy yo'ldoshi bilan birlashtiradi, ulardan 428 tasi hozirda orbitada. Shunday qilib, birlashgan operator o'z ixtiyorida 684 ta sun'iy yo'ldoshga ega bo'ladi.
Yevropa sunʼiy yoʻldosh internet-operatorlarini birlashtirish ularga SpaceX tomonidan joylashtirilgan Starlink tarmogʻi hamda Amazon Project Kuiper sunʻiy yoʻldosh dasturi bilan yanada samarali raqobatlashish imkonini beradi.