Ovozli tinglash

T-Mobile Starlink bilan hamkorlikda uyali aloqa bo‘lmagan hududlarda SMS-xabarlarni yuborish imkonini beruvchi T-Satellite xizmatini ishga tushirdi. 2025-yil 23-iyuldan boshlab xizmat T-Mobile, AT&T va Verizon mijozlariga taqdim etiladi.

T-Satellite past Yer orbitasida 657 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanib, an’anaviy minoralar uchun mavjud bo‘lmagan 1,3 million km2 AQSH hududini qamrab oladi.

Xizmat iPhone va Android’da SMS’ni, shuningdek, Android’da MMS’ni (foto va audio), keyinchalik iOS’ni qo‘llab-quvvatlaydi. 2025-yil oktyabr oyidan boshlab WhatsApp, X, AccuWeather va AllTrails kabi ilovalar uchun ma’lumotlarga kirish imkoniyati qo‘shiladi.

T-Satellite qo‘lda sozlash yoki telefonni osmonga qaratishni talab qilmasdan, signalsiz hududlarda avtomatik ravishda ulanadi. So‘nggi to‘rt yil ichida ishlab chiqarilgan aksariyat smartfonlar, jumladan, iPhone 14 va undan keyingi versiyalar, Google Pixel 9, Samsung Galaxy S23 va boshqalar mos keladi.

T-Satellite narxi oyiga 10 dollarni tashkil etadi, biroq Experience Beyond (oyiga 100 dollar) va Go5G Next tariflariga ega T-Mobile abonentlari uchun xizmat bepul, Experience More (oyiga 85 dollar) uchun esa 2025-yil oxirigacha bepul.

Barcha mos qurilmalar uchun 911 favqulodda xabarlarini yuborish bepul.