Ovozli tinglash

Samsung o'zining "eski flagmanlari" - Galaxy S7 va Galaxy S8 uchun dasturiy ta'minot yangilanishini chiqardi. U GPS bilan bog'liq muammolarni hal qiladi va ikkala telefon ham uzoq vaqt ishlab chiqarilmaganiga ko'ra, yangilanish muhim ahamiyatga ega.

Samsung Galaxy S7  Galaxy S8

Qizig‘i shundaki, Samsung nafaqat eski flagmanlarni yangilayapti – shunga o‘xshash tuzatish yetti yil avval chiqarilgan Galaxy J7 uchun ham paydo bo‘ldi. Qayd etilishicha, Galaxy S6 va Galaxy S9 ham navbatda turibdi. Eslatib o‘tamiz, Galaxy S7 va Galaxy S7 edge uchun so‘nggi yangilanish 2020-yilning noyabr oyida chiqarilgan, Galaxy S8 esa so‘nggi marta 2021-yilning aprel oyida rasman yangilangan.