Ovozli tinglash

Max raqamli platformasi Google Play’ning Rossiya segmentidagi eng ommabop ilovalar reytingida 10-o‘rinni egalladi, deb yozadi "TASS."

Xizmat ko‘plab mashhur ilovalarni, jumladan, 12-o‘rinni egallagan "VK Video" va 19-o‘rinni egallagan Telegramni ortda qoldirdi.

Max, shuningdek, aloqa xizmatlari toifasida o‘z mavqeini mustahkamlab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Undan keyingi o‘rinlarda Telegram va WhatsApp turibdi.

2025-yil iyul oyida Max App Store’ning Rossiya segmentidagi ijtimoiy tarmoqlar orasida eng ko‘p yuklab olingan dasturga aylandi.

Rossiya hukumati VK xoldingining sho‘ba korxonasi bo‘lgan "Kommunikatsionnaya platforma" kompaniyasiga ko‘p funksiyali ma’lumot almashish xizmatining ishlashi va rivojlanishi uchun javobgarlikni yukladi. Tegishli farmoyish allaqachon imzolangan.