Ovozli tinglash

Xitoylik aktrisa Shao Yifan yangi Redmi Note 12 Turbo smartfonini oldi va ishlab chiqaruvchi reklama qilganidek juda tor ramkaga ega ekanligini aytib, videoni joylashtirdi. Redmi Note 12 Turbo Redmi telefonlari orasida eng tor ramkaga ega. Shuningdek, u Redmi Note 12 Turbo-ni o'zining iPhone smartfoni bilan taqqosladi (aniq model aniqlanmagan, ammo videoni ko'rganlar izohidan, bu iPhone 13 yoki iPhone 14 deb tahmin qilindi). Eslatib o'tamiz, ramkaning pastki kengligi atigi 2,22 mm, chap va o'ng tomonda esa ramkaning kengligi 1,42 mm. iPhone 14-ning yon tomonlarida esa ramkaning kengligi 2,4 mm.

Redmi Note 12 Turbo vs iPhone

Redme Note 12 Turbo bozorda birinchi bo'lib Qualcomm Snapdragon 7+ ikkinchi avlod mobil platformasida ishlan chiqarildi, 5000 ma / soat batareya va 67 Vt simli tez zaryadlashni qo'llab-quvvatlaydi. Redmi Note 12 Turbo ekranining diagonali 6,67 dyuymni tashkil etadi, uning o'lchamlari dyuym uchun 394 piksel zichlikda 2400 x 1080 pikselga teng va ushub ekran 120 Gerts yangilanish tezligiga ega.