Ovozli tinglash

Li Auto kompaniyasi o‘zining birinchi to‘liq elektr yo‘ltanlamasi - Li i8 interyerini rasman taqdim etdi.

Yangi salon "shampanskiy-zolotoy" tusidagi urg‘ular bilan och rangda bajarilgan va an’anaviy xira bezak o‘rniga endi metall bezakdan foydalanilgan. Krossover displeyli klassik rul chambaragi, eshik kartalarining charm qoplamasi, ikkita ekran, AR-HUD tizimi va boshqa funksiyalarga ega bo‘ladi. Ikkinchi qatorga "vaznsizlik" funksiyasiga ega bo‘lgan kreslo kiradi.

Krossoverning orqa qismi markaning o‘ziga xos uslubi ruhida ishlangan bo‘lib, o‘tkazuvchi chiroqlar bilan jihozlangan. O‘lchamlari salobatli: uzunligi - 5085 mm, kengligi - 1960 mm, balandligi - 1740 mm, g‘ildirak bazasi - 3050 mm.

Li i8 ning barcha versiyalari ikki motorli to‘liq uzatma tizimi bilan jihozlangan. Yangi tortish elektr motori ishlatiladi: old o‘qda 150 kVt va orqa o‘qda 250 kVt, jami - 400 kVt (taxminan 544 ot kuchi). Akkumulyatorlar 90 va 98 kVt/soat quvvatga ega uchlamchi litiy-ionli 5C bo‘lib, 670 va 720 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi. Shuningdek, avtomobil pnevmatik osma bilan jihozlangan.