Ovozli tinglash

WhatsApp ishlab chiquvchilari muntazam ravishda messenjerga yangi funksiyalar qo‘shib boradi. Endi ma'lum bo'ldiki, beta-testerlar WhatsApp-ning planshetlar uchun maxsus versiyasini sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Kompaniya planshetlar uchun ilovani ishga tushirish ustida ish olib borayotganini tasdiqladi va hatto WhatsApp’ning planshetga mos versiyasi haqida foydalanuvchilarni xabardor qiluvchi banner ham chiqardi.

WhatsApp

WaBetaInfo ma'lumotlariga ko'ra, ba'zi beta testerlar hozirda ushbu bannerni ko'rishmoqda. Tez orada ushbu ilovaning barqaror versiyasi chiqarilishi kutilmoqda. Ayrim funksiyalar dastlab planshetlar uchun WhatsApp’da mavjud bo‘lmasligi mumkin.

Yaqinda WhatsApp o'zingizga xabar yuborish funksiyasini taqdim etdi, bu orqali siz o'zingizga muhim matn yoki ovozli eslatmalar, havolalar va boshqa ma'lumotlarni yuborishingiz mumkin. U yaqin kunlarda barcha Android va iPhone foydalanuvchilariga taqdim etiladi.