O‘zbekiston Prezidenti Qarshi shahrida yangi avtomobil zavodi qurish va avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi. Zavod benzinda ishlaydigan oddiy avtomobillarni ham, elektr quvvati bilan ishlaydigan modellarni ham yig‘a oladi.
Yangi zavodni ishga tushirish sanasi e’lon qilinmagan, biroq manbaning qayd etishicha, Exeed bir necha oy ichida Sirdaryoda yig‘ish zavodini qurgan.

Viloyat hokimi Xitoyga avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olish uchun yo‘l oldi. Nomzodlardan biri O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodi qurishi kutilayotgan JAC. Yaqin kunlarda Xitoy avtomobilsozlik korxonasi rahbariyati Qarshiga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Aytish joizki, Jizzaxda Chery avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan, bundan tashqari, O‘zbekistonda “Haval” avtomobillari ishlab chiqariladi.