Ovozli tinglash

Kecha Poco brendi Poco X5 va Poco X5 Pro smartfonlarini rasman taqdim etdi va deyarli darhol Xiaomi, Redmi va Poco telefonlari uchun yangi proshivka versiyalari chiqarilishini kuzatuvchi XiaomiUI resursi Poco qurilmalari roʻyxatini eʼlon qildi.

MIUI 14

Resurs maʼlumotlariga koʻra, birinchi navbatda MIUI 14 yettita model uchun chiqariladi: Poco F4 GT, F4, X4 GT, F3 GT, F3, X3 Pro va X3 GT. Keyinchalik MIUI 14 yana 11 ta modelga chiqariladi: Poco X4 Pro 5G, M5, M5s, M4 Pro 5G, M4 Pro 4G, M4 5G, M3 Pro 5G, M3*, X3/NFC*, F2 Pro* va M2/Pro*. Yulduzchalar Android 12 asosida MIUI 14 oladigan modellarni bildiradi (ya'ni bu ular uchun xususiy interfeysning so'nggi yangilanishi bo'ladi holos), qolganlari Android 13 asosidagi MIUI 14 ni olishlari kerak.