Ovozli tinglash

Microsoft kompaniyasi Windows 11 foydalanuvchilari orasida yangi kritik xato haqida ogohlantiruvchi ekranni bosqichma-bosqich tarqatishni boshladi. Agar ilgari foydalanuvchilar bunday holatda "O‘limning ko‘k ekrani" (BSOD, Blue Screen of Death) deb ataladigan narsani ko‘rishgan bo‘lsa, endi u qora rangga aylanadi.

Bu Microsoft Windows 8 ekraniga g‘amgin tabassum qo‘shganidan beri BSODning birinchi jiddiy o‘zgarishi. Endi Microsoft xo‘mraygan smaylik va QR-kodni soddalashtirilgan qora ekran foydasiga olib tashlamoqda.

Yangi BSOD allaqachon Windows 11 Release Preview foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ldi, demak, bir necha hafta ichida u barcha Windows 11 foydalanuvchilari uchun paydo bo‘lishi kerak. Soddalashtirilgan BSOD odatda Windowsni yangilash paytida paydo bo‘ladigan qora ekranga juda o‘xshaydi. Bunda ekranda xatolik kodi va nosoz tizim drayveri haqidagi ma’lumotlar aks etadi.

Eslatib o‘tamiz, Microsoft 2021-yilda Windows 11 test to‘plamlarida BSOD’ni qisqa muddatga qora ekranga almashtirgan edi, ammo bu safar o‘zgarish doimiy bo‘ladi. BSOD o‘zgarishi Windows 11 yangilanishi doirasida paydo bo‘ldi, u shuningdek, kompyuterlarni tezda tiklash uchun mo‘ljallangan yangi Microsoft Quick Machine Recovery (QMR) funksiyasini o‘z ichiga oladi.