Microsoft o'zining muhim mahsuloti - Microsoft Office dasturiy ta'minot to'plamining yirik rebrendingini amalga oshirishga qaror qildi.
Microsoft Office paydo bo'lganidan 30 yildan ko'proq vaqt o'tgach, u Microsoft 365 deb o'zgartirildi. Tanish Excel, Outlook, Word va PowerPoint ilovalarining o'zi hech qayerga ketmaydi va nomi o'zgartirilmaydi. Shunchaki, endi ular Microsoft 365 dasturiy to‘plamining bir qismi bo‘ladi.Shuningdek, kompaniya yaqin kelajakda logotiplarni o‘zgartiradi, dizayn va yangi funksiyalarni qo‘shadi.

Ma'lumki, Microsoft 365 yangi nom emas. Bu Office 365 to‘plamining rebrendingidan kelib chiqadi.Office.com da birinchi logotip va dizayn o‘zgarishlari noyabr oyida paydo bo‘ladi, so‘ngra yanvar oyida Windows, iOS va Android uchun Office ilovasining rebrendingi amalga oshiriladi. Natijada, shartli ravishda eski va yangi ilovalar Microsoft 365 qanoti ostida to'planadi: Teams, Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Loop, Clipchamp, Stream va yangi Microsoft Designer.
Shu bilan birga, Microsoft Office brendi butunlay yo'qolmaydi. Microsoft Office 2021 va Office LTSC rejalari orqali iste'molchilar va korxonalar uchun Office to'plamini bir martalik xarid qilishni taklif qilishda davom etadi. Ehtimol, bu vaqtinchalik choradir.