Ovozli tinglash

PhoneBuff kanali mualliflari iPhone 14 Pro Max va Samsnug Galaxy S22 Ultra (Snapdragon 8 Gen 1) avtonomiyasining qiyosiy sinovini o‘tkazdi. Ushbu kanal o'z sinovlari uchun doimo robot qo'ldan foydalanadi, bu esa testlarni inson omilidan qutqaradi.

iPhone 14 Pro Max Samsung Galaxy S22 Ultra

iPhone smartfonlari so‘nggi yillarda batareya quvvati bilan mashhur bo‘ldi va Apple’ning yangi flagmani ham bundan mustasno emas.

Ko'rib turganingizdek, iPhone 14 Pro Max raqobatchisidan sezilarli darajada yaxshi ishladi va 11 soatu 38 daqiqalik ekran vaqtini ko'rsatdi. Galaxy S22 Ultra esa o‘z navbatida 9 soat 16 daqiqa natija ko‘rsatdi. Shu tariqa, Apple’ning yangiligi o‘z raqobatchisidan 25 foizga oshib ketdi.

Shu bilan birga, smartfonlar xuddi shunday ekran diagonaliga ega ekanligini eslaymiz, 120 Gts qo'llab-quvvatlanadi, ammo Samsung smartfoni yuqori aniqlik va sig'imli batareyaga ega.