Ovozli tinglash

Animation.AI kompaniyasi ChatGPT-ga asoslangan yangi bepul dasturni taqdim etdi. U Call Annie deb nomlanadi va Enni ismli virtual bot avatariga qo'ng'iroq qilish va suhbatlashish imkonini beradi. Virtual qizning javoblarini, sun'iy intellekt yaratib beradi.

Для iOS вышло приложение, в котором можно позвонить ChatGPT и поговорить с ним

Ko'rinishidan, tizim rus tilini yaxshi tushunadi, ammo javoblar hozircha juda yomon eshitiladi. Bundan tashqari, reaktsiya tezligi bilan bog'liq muammolar mavjud ekan, har bir javobni bot bir necha soniya davomida o'ylaydi. Biroq, umuman olganda, hamma narsa juda yaxshi ko'rinadi. Chet ellik foydalanuvchilar allaqachon Call Annie-ning sinov videolarini joylashtira boshladilar. Bunday holda siz dasturni faqat iOS qurilmasiga o'rnatishingiz mumkin. Bundan tashqari, video aloqa ishlashi uchun sizga iPhone 12 va undan yangi modellar kerak bo'ladi. Bu smartfonning apparat qismidagi yaxshiroq chip bilan bog'liq. Eski modellarda faqat ovozli qo'ng'iroqlar mumkin. MacOS 13 yoki undan keyingi versiyalarida ishlaydigan Apple M seriyali protsessorlari bo'lgan Mac kompyuterlari ham qo'llab-quvvatlanadi.

Ta'kidlanishicha, botning javoblari sozlanishi mumkin-u shaxsiy yordamchi, ma'lum bir mavzu bo'yicha mutaxassis va boshqalarga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, mualliflarning ta'kidlashicha, dastur hali test rejimda ishlaydi, shuning uchun uning ishida nosozliklar va xatolar bo'lishi mumkin.