Ovozli tinglash

Milliarder Ilon Mask Mark Tsukerberg bilan jangga tayyorgarlikni davom ettirayotganini aytdi.

“Men kun bo'yi og'irlik ko'tarib, jangga tayyorlanaman. Jismoniy mashqlar qilishga vaqtim yo‘q, shuning uchun ishga gantel olib keldim”, — dedi Mask.

Obunachilardan birining bu jangning ma’nosi nima degan savoliga Ilon Mask shunday javob berdi: “Bu urushning madaniyatli shakli. Erkaklar urushni yaxshi ko'radilar."

Tadbirkor jang X (Twitter) da translyatsiya qilinishini va barcha tushum xayriyaga yo‘naltirilishini va faxriylarga bag‘ishlanishini va’da qildi.

Fight

Avvalroq rossiyalik sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Ilon Maskni Mark Sukerberg bilan jangga tayyorlashdan bosh tortgani malum bo'lgandi.