Ovozli tinglash

Tesla rahbari Ilon Mask bo‘lajak namoyishni e’lon qildi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniya tarixidagi eng ta’sirli namoyish bo‘ladi.

"Tesla dizayn-studiyasidan hozirgina chiqdim. Eng epik namoyish yil oxirigacha bo‘lib o‘tadi. Tarixdagi eng yaxshisi," - deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.

Namoyish yangi model yoki sezilarli yangilanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, masalan, bir necha yillardan beri muhokama qilinayotgan Tesla Roadster. Avvalroq yangi Tesla Roadster SpaceX raketa texnologiyalaridan foydalanishi ma’lum qilingandi. Bundan tashqari, yaxshilangan avtopilot yoki batareyalar sohasidagi yangi yechimlar kutilmoqda.