Ilon Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt (SI) qobiliyatlari bo‘yicha allaqachon ko‘pchilikni ortda qoldirmoqda, ammo tez orada hammadan aqlli bo‘ladi.
"Sun’iy intellekt hozirning o‘zidayoq ko‘pchilik odamlardan ancha aqlliroq, ammo hozircha barcha masalalarda hammadan aqlliroq emas. <...> Biroq u shunday bo‘ladi," - deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu taxminan besh yildan keyin sodir bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Maskka tegishli SpaceX kompaniyasi u 2023-yil aprel oyida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun asos solgan xAI startapiga 2 milliard dollar sarmoya kiritayotgani haqida xabar berilgan edi.
Tesla kompaniyasi xAI tomonidan ishlab chiqilgan Grok sun’iy intellekt tizimini o‘z avtomobillariga joriy etishni boshladi.