Milliarder Ilon Mask Twitter sahifasini odatdagi uslubida saqlashda davom etmoqda. U kompaniya aktsiyalari va kriptovalyutalarga kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan rezonansli bayonotlar beradi, shundan so'ng u ularga sharh beradi.
Bugun ertalab Ilon Mask Angliyaning "Manchester Yunayted" futbol klubini sotib olmoqchiligi haqida xabar paydo bo'ldi. Bu xabar Tesla va «Manchester Yunayted» muxlislari orasida qizg'in muhokamaga sabab bo'ldi.

Tesla Silikon Valley fan-klubi milliarderga: “Siz jiddiymisiz?” degan savol bilan murojaat qildi, Ilon Mask esa shunday javob berdi:
Yo‘q, bu eski Twitter hazili. Men hech qanday sport jamoalarini sotib olmayman.