Xitoyda Honor MagicBook 14 noutbukining narxi arzonlashdi: JD.com saytida qurilma avvalgidan 1000 yuanga (150 dollar) arzonroq taklif qilinmoqda. Shunday qilib, Core i5 protsessori, 16 Gb tezkor xotira va 512 Gb SSDga ega asosiy versiyaning narxi 670 dollargacha tushdi.
Honor MagicBook 14 2022 modeli Intel Alder Lake protsessorlari bilan jihozlangan, qurilmaning yuqori versiyasi Core i7-12650H bilan jihozlangan va qo‘shimcha haq evaziga Nvidia GeForce RTX 2050 dGPU o‘rnatilishi mumkin. Qurilma konfiguratsiyasi 2160 x 1440 pikselli 14 dyuymli IPS displeyni, Wi-Fi 6 va Bluetooth 5.2 adapterlarini, barmoq izlari skaneri va 75 Vatt quvvatga ega batareyani o'z ichiga oladi. MagicBook 14 korpusi metalldan qilingan. Noutbuk o'lchamlari - 307,51 x 227,56 x 16,9 mm, og'irligi - 1,54 kg.