Ovozli tinglash

Mashhur AnTuTu benchmark jamoasi Android operatsion tizimida ishlaydigan eng samarali sub-flagmanlarning o'ntaligini e'lon qildi.

Android

Reytingda Snapdragon 7+ Gen 2 bilan jihozlangan ikkita model yetakchilik qildi. Bu 1150430 ball to‘plagan 16 GB tezkor va 1 TB flesh-xotiraga ega Redmi Note 12 Turbo, shuningdek, bir xil xotira to‘plami va o‘rtacha ball 1131196 bo‘lgan Realme GT Neo5 SE.

Ushbu reytingdagi qolgan smartfonlar Dimensity 8200 va Dimensity 8100 seriyali bir chipli tizimlar asosida qurilgan.Uchinchi o‘rinni 949420 ball bilan iQOO Neo7 SE egalladi.

Birinchi beshlikka Vivo S17 Pro va Oppo Reno10 Pro 5G ham kirdi.

Android