Ovozli tinglash

24-iyul, dushanba kuni xuddi shu nomdagi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy Twitter akkaunti X deb o‘zgartirildi.

Moviy qush tasviri tushirilgan korporativ logotip qora fonda oq X harfi bilan almashtirildi. Twitter rahbari Ilon Mask o‘z sahifasida kompaniya shtab-kvartirasining yangi logotip proyeksiyasi bilan suratini joylashtirdi.

Twitter, Х

Avvalroq, Ilon Mask x.com domeni endi avtomatik tarzda foydalanuvchilarni Twitter ijtimoiy tarmog‘iga yo‘naltirishini aytgan edi. 1 iyun kuni milliarder Twitter nomini X deb o‘zgartirish rejalari haqida gapirdi. 22 iyun kuni kompaniya logotipida qush o‘rniga X harfi paydo bo‘lishini ma’lum qildi.

Twitter, Х.

Kecha bu ma'lumot tasdiqlandi.