Ovozli tinglash

Dubayda boʻlib oʻtgan Gitex Global 2022 koʻrgazmasida XPeng tashrif buyuruvchilarga XPeng X2 deb nomlangan elektr vertikal uchish va qoʻnish uchar mashinasini koʻrsatdi.

Xpeng X2 uchar avtomobilining taqdimoti joriy yilda Shanxay avtosalonida bo‘lib o‘tdi. Elektr uchar mashinasi (eVTOL) ikki kishilik o‘rindiqlarga ega. Uning uzunligi taxminan 5 m, kengligi 4,78 metr va balandligi 1,36 metr.

XPeng X2

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, avtomobilning og'irligi 560 kg, ruxsat etilgan uchish og'irligi esa 760 kg (+200 kg foydali yuk). XPeng X2 1000 metrgacha balandlikda ucha oladi. To'liq zaryadlangan batareyada siz 130 km/soat tezlikda 35 daqiqagacha uchishingiz mumkin.

Xpeng X2 elektr uchar mashinasi uchuvchisiz boshqaruv, radarni aniqlash, avtomatik xavfsizlik parashyuti va boshqa bir qator funksiyalarni oldi.

XPeng o'zining X2 elektr uchar avtomobilini 2024 yilda hali e'lon qilinmagan narxda yetkazib berishni rejalashtirmoqda.