XAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellekt tizimi va shu nomdagi Grok chatboti jahon bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda va bir qator mamlakatlarda ilovalar orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Hozirda ilova Janubiy Koreya, Belgiya, Kipr, Xorvatiya, Kanada, Gonkong va Yaponiyada yetakchilik qilmoqda.
Ilon Mask Grok muvaffaqiyatini sharhlar ekan, o‘z sahifasida shunday deb yozdi: "Bundan buyon faqat yaxshi bo‘ladi."
Avvalroq xAI kompaniyasi Ilon Mask dunyodagi eng aqlli deb atagan eng so‘nggi Grok 4 modelida bir nechta xatolar aniqlangani va tuzatilgani haqida xabar bergan edi.
Ilon Maskning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt (SI) qobiliyatlari bo‘yicha allaqachon ko‘pchilikni ortda qoldirmoqda, ammo tez orada hammadan aqlli bo‘ladi.