Ovozli tinglash

Twitter ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilarni doimiy blokirovka qilishning bekor qilinishi payshanba oqshomida kompaniyani 44 milliard dollarga sotib olishni yakunlagan Ilon Maskning yangiligi bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg manbaga tayanib.

Twitter

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Mask doimiy blokirovka mexanizmining samaradorligiga ishonmaydi, yaʼni avvalroq platformadan akkauntlari oʻchirib tashlangan odamlarga ijtimoiy tarmoqqa qaytishga ruxsat berilishi mumkin. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp yaqin kelajakda o‘z sahifasini tiklay oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Tramp aprel oyida Maskning Twitter-ni sotib olishiga umid qilganini, biroq akkaunt blokdan chiqarilsa, qaytish niyati yo‘qligini aytgan edi.