Apple yana hammadan o'zib ketdi va dunyoda birinchi bo'lib 3 trillion dollar kapitallashuvga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, kompaniya 2018-yilda 1 trillion chegarani bosib o‘tgan bo‘lsa, 2020-yilda esa 2 trillionni tashkil qila boshladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, kompaniya 2022 yil boshida 3 trillionlik chegarani bosib o'tdi, ammo faqat kunlik savdolarda. Keyin aktsiyalar kunlik sham yopilgunga qadar bunday yuqori darajani ushlab tura olmadi. Endi dinamikaga qarab, Apple bunga erishadi. Kupertino gigantining eng yaqin raqiblari hali ham ancha uzoqda. Microsoft 2,5 trillion dollar, Alphabet 1,5 trillion dollar, Amazon esa 1,3 trillion dollarga baholangan. Shuningdek, kapitallashuvi 2,1 trillion dollar bo'lgan Saudi Aramco kompaniyasini ham alohida ta'kidlash joiz.