Apple ishchisi yaqinda bergan intervyusida kompaniya noto'g'ri pozitivlar muammosini hal qilish uchun iPhone 14 ning avtohalokat haqida ogohlantirish tizimi va favqulodda qo'ng'iroq markazlaridan yangi aqlli soatlar haqida fikr-mulohazalarni yig'ayotganini aytdi.
Ammo shu bilan birga, matbuot kotibi avtohalokat monitoringi funksiyasining noto'g'ri ishlashi haqida qo'shimcha izoh berishdan bosh tortdi, shuningdek, qo'shimcha ma'lumot bermadi.

AQShning Minnesota shtati Kuk okrugi sherifi Pat Eliasenning so‘zlariga ko‘ra, uning dispetcherlik markazi 2022-yilda 700 dan ortiq yolg‘on qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan. Ularning barchasi yangi avtohalokatni kuzatish funksiyasidan foydalangan holda Apple mobil qurilmalari tomonidan yuborilgan.
Avvalroq Kanada Qidiruv va qutqaruv ko‘ngillilari assotsiatsiyasining katta menejeri Duayt Yohim ham yangi iPhone 14’dagi halokatni aniqlash funksiyasi ko‘pincha to‘g‘ri ishlamasligi, shu sababli vertolyotlar keraksiz parvozlarni amalga oshirishini aytgan edi.