Ovozli tinglash

Google kompaniyasi Google Play xizmati endi Android 4.4 KitKat operatsion tizimini qo'llab-quvvatlamasligini e'lon qildi.

Google Android 4.4 KitKat

OTning ushbu versiyasi 10 yil oldin chiqarilgan va hozirda, Googlening o'ziga ko'ra, u barcha faol Android qurilmalarining 1% dan kamrog'ida qo'llaniladi. Google oxirgi marta Jelly Bean versiyasini xizmatlaridan 2021-yilda uzib qo‘ygan edi.

KitKat bilan qurilmalardan foydalanish mumkin bo'ladi, lekin Google xizmatlari bilan bog'liq bo'lgan barcha narsalar, jumladan sinxronizatsiya, zaxiralash va hokazolar bunday qurilmalarda ishlamaydi.