Ovozli tinglash

Xiaomi kompaniyasi HyperOS so‘nggi operatsion tizimini chiqarish bo‘yicha yo‘l xaritasini yangiladi: kompaniya dekabr oyida ushbu OTning beta-versiyasi to‘rtta smartfon uchun chiqarilishini aytdi. Bu modellar Xiaomi 12, Xiaomi 12 Pro, Redmi K50 Ultra, Redmi K50 Gaming.

Xiaomi Redmi HyperOS

Ro‘yxat unchalik katta emas, lekin shuni ta’kidlash kerakki, noyabr oyida Xiaomi o‘z smartfonlarining to‘qqizta modeli uchun HyperOS’ning beta-versiyalarini chiqardi: 2 noyabr – Xiaomi 14 Pro va Xiaomi 14; 14 noyabr – Xiaomi 13 Ultra, Xiaomi 13 Pro, Xiaomi 13, Redmi K60 Pro va Redmi K60; 21 noyabr - Xiaomi MIX Fold 3, Xiaomi MIX Fold 2. Shunday qilib, kompaniya yangi dasturiy ta'minot ustida qattiq ishlamoqda.