Ovozli tinglash

iPhone 17 lineykasidagi smartfonlar kvadrat datchikli mutlaqo yangi frontal kameraga ega bo‘ldi, u smartfonni vertikal holatda ushlab turib, ham gorizontal, ham vertikal surat va videolar olish imkonini beradi. Ma’lum bo‘lishicha, bu sifat jihatidan ham ajoyib kamera ekan.

DxOMark’ga ishonadigan bo‘lsak, iPhone 17 Pro bozordagi eng yaxshi frontal kameraga ega. Hech bo‘lmaganda mualliflar sinovdan o‘tkazganlaridan. Bu iPhone 17 ham barcha raqobatchilardan ustunligini anglatadi, chunki uning kamerasi ham xuddi shunday.

Yangilik 154 ball to‘pladi, bu avval reytingda yetakchilik qilgan iPhone 16 Pro Max natijasidan 3 ballga yuqori. To‘g‘ri, u bilan birga Honor Magic6 Pro ham birinchi o‘rinda edi.

Yangi mahsulot kamerasi bir vaqtning o‘zida beshta toifada rekord o‘rnatdi. Gap suratga olishda fokuslash va xiralashtirish hamda videoga olishda fokuslash, ekspozitsiya va barqarorlashtirish haqida ketmoqda.