Ovozli tinglash

Bugun Xiaomi asoschisi Ley Jun katta taqdimot o'tkazadi, uning davomida yangi Xiaomi va Redmi mobil qurilmalari namoyish etiladi.

Ushbu tadbirda Xiaomi Redmi K60 Extreme Edition, Xiaomi Band 8 Pro aqlli soati, Xiaomi Mix Fold 3 buklanadigan smartfoni va boshqa yangiliklarni taqdim etishi rasman tasdiqlandi.

Matbuot anjumani taxminan 3 soat 15 daqiqa davom etadi. Ley Jun ham syurpriz tayyorladi, u yakunda an'anaviy One More Thing (Apple e'lonlariga havola) iborasidan keyin qilinadi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, ikkita syurpriz bo'ladi.

Xiaomi

Taxminlarga ko'ra, Xiaomi yil oxirida kutilayotgan Xiaomi 14 seriyasida Snapdragon 8 Gen 3 dan birinchi bo'lib foydalanishini e'lon qilishi mumkin.

Birinchi Xiaomi avtomobili haqidagi yangiliklar ham kutilmoqda.

Taqdimot O'zbekiston vaqti bilan soat 16:00da boshlanishi kutilmoqda.